17-18-dekabr kunlari Toshkent viloyati, Pskent tumanida o`zbek milliy sport o`yinlaridan bo`lmish Uloq-ko`pkari bo`yicha navbatdagi respublika kubogi bahslari bo`lib o`tdi.
Musbaqaga tashrif buyurgan 8 jamoa bahsida Toshkent shahar polvonlariga teng keladiganlar topilmadi. Jamoaviy bahslar hisobiga ko`ra Toshkent shahar chavandozlari birinchilikni va musobaqa kubogini qo`lga kiritishdi.
Ikkinchi o`rin Fargo`nalik polvonlarga va uchinchi o`rin Toshkent viloyati chavandozlariga nasib etdi.
Quyida musobaqadan muxbirimiz olib qaytgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
[nggallery id=14]