Чикагода бўлиб ўтадиган Наврўз айёмига таклиф қиламиз

navroz-banner

Chikago O’zbek-Amerika Assotsiatsiyasi
Sizni va oila a’zolaringizni 2013-yil 23-mart shanba kuni, kech soat 6:00da Navro’z bayrami munosabati bilan o’tkaziladigan bayram kechasiga taklif qilamiz.  Bayramni quyidagi tartibda o’tkazish rejalashtirilgan:
1. Vatandoshlar tanishuvi.
2. Sumalak va boshqa milliy taomlarni birgalikda baham ko’rish.
3. Badiiy qism (O’zbek qo’shiqlari va raqslar, she’rlar).
4. Bayram lotoreyasi o’yinlari va boshqa ko’ngilochar tadbirlar.
5. Bolalar o’rtasida o’zbekcha  she’r aytish musobaqasi (Ota-onalar biror bir she’r o’rgatib kelishlarini so’raymiz).
6. Bolalar uchun eng yaxshi rasm chizganlarga mukofotlar bor. ( Buning uchun Bolalar o’zlari chizgan rasmlarini UAAC hay’atiga taqdim etishlari kerak)
 
Bayram chiptasi narxlari:
UAAC a’zolari uchun:
– 11  va undan kattalar uchun                                                          $35.00
– 3- 11 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun                                  $20.00
-3 yoshdan kichik bo’lgan bolalar uchun (O’rindiqsiz)            bepul (o’rindiqsiz)
 
– Kirish oldidan, ya’ni bayram kuni eshik oldida chipta oluvchilarga
UAAC a’zolari uchun.                                                                   $40.00
UAAC ga a’zo bo’lmaganlar uchun:
– 11 yosh va undan kattalar uchun                                             $50.00
– 3- 11 yoshgasha bo’lgan bolalar uchun                                   $20.00
 
Izoh: UAAC ga a’zo bo’lishni xohlaganlar a’zolik badalini to’lab, a’zolik narxida chipta olishlari mumkin.
Mashinalar uchun restoran oldida bepul joylar mavjud.
Chiptani sotib olish tartibi:
– Chiptalarni avvaldan “PayPal” yoki UAAC adresiga chek yuborish orqali sotib olishingiz mumkin.
– Bayram kechasi o’tkaziladigan joy cheklanganligi sababli, chiptalar soni cheklangan. Shu sababli chiptalarni iloji boricha tezroq sotib olishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’rinlar cheklanganligi sababli necha kishi bo’lib kela olishingizni va chiptalarni 8-martgacha xarid qilishingizni so’raymiz. Mehmonlar milliy kiyimda kelishlari maqsadga muvofiq bo’lardi, jumladan, erkaklar do’ppida, xotin-qizlar milliy kiyimda. “NAVRO’Z” bu bizning milliy bayramimiz va ushbu kechamiz videosini Internet sahifasiga qo’yishni mo’ljallayapmiz.
Qo’shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
            (630) 247-8511       (Akmaljon)
            (312) 618-9113       (Farrukhbek)
            (773) 370-9699       (Ma’murjon)
Burbank Manor Banquet
6345 W. 79th Street
Burbank IL 60459