“Ватандош” жамияти қошида “БОЛАЖОН” болалар кундузги оромгоҳи ишга тушди

“Vatandosh” jamiyati qoshida yangi, Amerikada ilk bor o’zbek-ingliz tillariga ixtisoslashtirilgan “BOLAJON” bolalar kunduzgi oromgohi ishga tushdi! Unda 5-15 yoshdagi bolalarning yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Yoz – 2014!

27-iyundan –  22-avgustgacha.

Oromgohda farzandlaringiz uchun:

·       Haftada 4 marta olimpiada standartlariga mos suv havzasida suzish;

·      Nonushta, tushlik (halol issiq ovqat), yengil tamaddi (snacks);

·      Nyu-Yorkning diqqatga sazovor joylari, Markaziy bog’, Bronks hayvonot bog’i, Nyu-York  akvarium va suv havzalari hamda boshqa mashhur joylarga sayohat;

·     Gimnastika, futbol, basketbol, tennis, kamonbozlik, qilichbozlik, yoga,  raqs, musiqa, san’at va boshqa havaskorlik to’garaklari;

·     Transport.

 

Mashg’ulotlar o’zbek va ingliz tillarida yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari Nyu-York shahar dasturlari va davlat stipendiyalaridan ham foydalanishlari mumkin.

“Vatandosh” jamiyati a’zolari va birinchi  bo’lib ro’yxatdan o’tgan 15 nafar bolaga  $50 chegirma beriladi.

 

Aziz ota-onalar! Farzandlaringiz sarflayotgan vaqti uchun befarq bo’lmang, har soniya mazmunli o’tishiga o’z hissangizni qo’shing!

Ma’lumot uchun: 347-757-1211; farogat@vatandosh.org; info@vatandosh.org