Airbus vodorodda uchadigan samolyotlar ustida ish olib bormoqda

Airbus kompaniyasi vodorod yoqilg’isida uchadigan samolyotlar ustida faol ravishda ish olib bormoqda.

Kompaniyaning dizaynerlari kelajakda ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan uchta model loyihasini jamoatchilik e’tiboriga taqdim etdilar. Renderlar ichidagi ikkita model fyuzelaji standart dizaynga ega. Uchinchisi esa “uchuvchi qanot” nomini olgan. Bu samolyotning yuk ko’tarish maydonini ko’paytiradi va yoqilg’ini samaraliroq joylashtirish imkonini beradi.

Vodorod yoqilg’isi bilan ishlaydigan birinchi Airbus samolyoti 2035 yilda havoga ko’tarilishi kutilmoqda.