Apple bu yil ham eng qimmat brend bo’lib qoldi

Interbrand Corp yillik so’rovnomasi ma’lumotlariga ko’ra, Apple brendi ketma-ket to’qqiz yil davomida dunyodagi eng qimmat brend bo’lib qolmoqda. Uning qiymati o’tgan yil davomida 26 foizga oshgan va umumiy 408,25 milliard dollarni tashkil qilgan.

Ikkinchi o’rinni Amazon brendi egalladi, u 24 foizga qimmatlashgan (249,25 mlrd dollar), qiymatiga 27 foiz qo’shilgan Microsoft esa uchinchi (210,2 mlrd dollar), qiymati 19 foizga oshgan Google esa (196,8 mlrd dollargacha) to’rtinchi o’rinni egallagan.

Top 10 likdagi boshqa kompaniyalar ro’yxati ham o’tgan yilgidan o’zgarmadi. Keyingi o’rinlarni Samsung (20 foizga o’sgan, bozor kapitali 74,635 milliard dollar), Coca-Cola (1 foizga o’sgan, 57,488 milliard dollar), Toyota (5 foizga o’sgan, 54,107 milliard dollar), Mercedes-Benz (3 foizga o’sgan, 50,866 milliard dollar), McDonald’s (7 foizga o’sgan, 45,885 milliard dollar), Disney (o’sish 8 foiz, 44,183 milliard dollar) brendlari egallagan.

Hisobotda aytilishicha, ro’yxatning birinchi uchta brendi 10 ta brendlar umumiy qiymatining 62 foizdan ortig’ini tashkil qiladi.

Reytingda eng muhim o’sish Tesla brendiga tegishli. Uning qiymati deyarli uch baravarga oshdi (o’sish 184 foiz, 36,27 milliard dollar). Natijada u o’tgan yilgi 26 o’rindan 14 o’ringa ko’tarilib oldi.