AQSHda ziyofatda sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘ldi

AQSHning Jorjiya shtatining Fort-Valley universiteti yaqinidagi ziyofatda sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘ldi, yeti kishi yaralandi.

Jorjiya shtati tergov byurosi halok bo‘lgan odam universitet talabasi emasligini, jarohatlangan barcha yetti shaxsning yaxshi ahvolda ekanligini aytdi.

Universitet matbuot kotibi Maykl Klarkka ko‘ra, talabalar shaharchasi politsiyasiga otishma bo‘lgani va universitet tashqarisidagi kechaga tashrif buyurgan universitet talabalari hayotlari uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olgani haqida xabarlar olgan.

Universitet maʼmuriyati otishmadan so‘ng kampusni vaqtincha yopib qo‘ydi va kampus politsiyasi talabalar uchun hech qanday xavf yo‘q degan qarorga kelganidan keyin uni qayta ochdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Bich okrugining sudyasi Kerri Ruks o‘lgan odamni Bayron shahrida yashovchi 27 yoshli Tayler French deb atagan.