AQSHning 8 shtatida 20 kishi salmonellyoz kasalligi bilan kasallangan

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi 8 shtatda 20 kishi salmonellyoz bilan kasallanganini eʼlon qilib, ulardan 3 nafarining shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

 Markaz salmonellyoz  infeksiyasi tufayli o‘lim holatlari qayd etilmaganini bildirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kasallikning Citterio go‘sht konservalari ishlab chiqaruvchi korxona mahsulotlaridan tarqalganini o‘rganmoqda.

Salmonella infeksiyasi yoki salmonellyoz – bu ichak va ovqat hazm qilish tizimiga taʼsir qiluvchi keng tarqalgan bakterial kasallik.