Harbin Texnologiya Instituti xalqaro stipendiya dasturi

Xitoyda joylashgan Harbin Texnologiya Institutining 2022 o‘quv yili xalqaro stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantni qo‘lga kiritish uchun dunyoning istalgan qismidan barcha xalqaro talabalar ariza berish huquqiga ega. Grant berilishidan maqsad magistratura va doktorantura darajalarida taʼlim olishni istagan xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Grant deyarli barcha akademik yo‘nalishlar va mutaxassisliklar uchun taqdim etiladi. Ajratilgan grant miqdori o’qish va yashash xarajatlarini to’liq qoplaydi.

Harbin Texnologiya Instituti 1920 yilda tashkil topgan. US News nashri Institutni xalqaro reytinglarda 6 o‘ringa munosib ko‘rgan.

Harbin Texnologiya Instituti granti tafsilotlari:

Universitet: Harbin Texnologiya Instituti;

Ilmiy daraja:  magistratura, doktorantura;

Grant miqdori: o’qish va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi;

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: Xitoy;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: 2021 yil 25 dekabr.