Isroil “devorlarni ko’radigan” qurilmani o’ylab topdi

Ishlab chiquvchilarning fikricha, qurilma real vaqt rejimida harakatlanayotgan odamlarning joylashuvi va sonini aniq aniqlaydi. XLR40 nomli uskuna 50 metr yoki undan ortiq masofani kuzatish imkonini beradi. Radar, temir-beton va armatura orasidagi bo’shliqlardan o’tib, nishonni ko’radi.

Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, tizim shu qadar sezgirki, u hatto odamning nafas olishini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Qurilma dushmanlar uylarda va boshqa shunga o’xshash boshpanalarda yashirinishi mumkin bo’lgan shahar va qishloq sharoitida ishlashga mo’ljallangan.