Kasperskiy dronlarga qarshi kurash jamlanmasini ishlab chiqdi

Mashhur kompyuter himoyasi tizimlarini ishlab chiqaruvchi Kasperskiy laboratoriyasi “Kasperskiy antidron” – dronlarni aniqlash va ularga qarshi kurash tizimini ishlab chiqdi. Bu haqida “Interpolitex-2021” davlat xavfsizligi vositalari xalqaro ko‘rgazmasida tizim ishlab chiqaruvchisi Vladimir Turov ma’lum qilgan.

“Tizimga radar yordamida nishonni aniqlash, radio chastotalari vositasida aniqlash va neyron tarmog‘i yordamida vizual identifikatsiyalash funksiyalari kiradi”, – dedi u. “Shuningdek, dronlarni “qulatish” uchun neytrallash modullarini o‘rnatish ham mumkin”, – dedi ishlab chiquvchi.

Uning so’zlariga ko’ra, mahsulotning faol sotuvi 2021 yilda boshlangan. Turovning taʼkidlashicha, buyurtmalarning aksariyati aeroportlardan, shuningdek, yirik ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va stadionlardan kelib tushmoqda.

2020 yilda kompaniyaning bosh direktori Yevgeniy Kasperskiy Kasperskiy laboratoriyasi har qanday dronlarni aniqlash imkonini beradigan Antidron tizimi ustida ishlayotganini e’lon qilgan edi.