Markaziy saylov komissiyasining e’loni

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, yaʼni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod Prezident etib saylangan, deb hisoblanadi. Ushbu maʼlumotlarga tayanib, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p – 80,1 foiz ovozini olib, ishonchli g‘alaba qozonganini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz.

Zayniddin Nizomxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi

Markaziy saylov komissiyasi Telegram kanali