Pianinochi Behzod Abduraimov Dubayda konsert beradi

Yurtdoshimiz, mashhur pianino ustasi Behzod Abduraimov 30-noyabr kuni Dubaydagi EXPO-2020 ko‘rgazmasining Jubilee park sahnasida ommabop mumtoz asarlar dasturini ijro etadi. Londondagi Xalqaro pianinochilar tanlovi laureati Behzod Abduraimov Toshkentdagi V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa litseyini hamda Kanzas-Sitidagi Park Universitetining Xalqaro musiqa markazini tamomlagan.

 Pianinochi London, Los-Anjeles va Myunxen filarmonik orkestrlari, London simfonik orkestri, NHK simfonik orkestri (Yaponiya), Royal Concertgebouw orkestri, BBC Shotlandiya simfonik orkestri, Oslo filarmoniyasi orkestri bilan birgalikda sahnada chiqish qilgan. Artistning konsertlari AQSH, Yevropa va Osiyoda juda mashxur. Ushbu konsert O‘zbekistonning Dubaydagi EXPO-2020 ko‘rgazmasidagi ishtiroki doirasida madaniy dasturning bir qismidir.