Qamoqxonalardagi mahbuslar soni bo’yicha mamlakatlar reytingi yangilandi

Qamoqxonalardagi umumiy mahbuslar soni bo’yicha mamlakatlar reytingida O’zbekiston 223 mamlakat orasida 62 o’rinni egalladi. Hozirda muassasalarda 22 867 nafar mahkumlar jazoni o’tamoqda Mamlakatda har 100 ming nafar aholiga 68 nafar mahkum to’g’ri kelishi qayd etilgan. Bu boradagi reytingda O’zbekiston dunyo bo’yicha 179 o’ringa loyiq ko’rilgan.

MDH davlatlari orasida Turkmanistondagi holat havas qilarli emas. U dunyo bo’yicha barcha davlatlar orasida 2 o’rinni egalladi. Bu mamlakatda har 100 ming nafar aholiga 576 mahbus to’g’ri keladi. Mos ravishda Rossiya 24, Belarus 20, Ozarbayjon 63, Moldova 79 va Qirg’iziston 96 o’rinlarda turibdilar.

Reyting peshqadami AQSh bo’lib, u yerda har 100 ming nafar fuqaroga 629 nafar mahbus to’g’ri kelmoqda.

Reytingda mahbuslar soni bo’yicha nolinchi raqam San-Marinoda kuzatilgan. Bu mitti davlat oxirgi, 223 -o’rinda turibdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, bu mamlakatda umuman mahkumlar yo’q.