Qo’shma Shtatlar Kennedi qotilligi bo’yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qilishga va’da berdi

Amerika ma’muriyati 15 dekabrda 1963 yilda Qo’shma Shtatlarning 35 prezidenti Jon Kennedi o’ldirilishiga oid yangi materiallarni nashr etish niyatida turibdi. Bu haqida Oq uy matbuot xizmati juma kuni tarqatgan bayonotda aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, 1992 yilda AQSh Kongressi Kennedi o’ldirilishiga oid barcha ma’lumotlar, agar u mamlakat mudofaasi, razvedkasi, huquqni muhofaza qilish organlari yoki tashqi siyosatga zarar yetkazmasa, “asta-sekin oshkor qilinishi” kerakligini e’lon qilgan.

Amerikaning amaldagi rahbari Jo Bayden bu materiallarni chop etish tartibini ma’qulladi. Ulardan ba’zilari 15 dekabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Qotillik bo’yicha ikkinchi qism ma’lumotlarning nashr qilinishi keyinga qoldirilishi so’ralgan. Ma’lumotlar 2022 yil 15 dekabrgacha oshkor etilmaydi. Bayonotda aniqlik kiritilishicha, avvalroq tegishli tavsiyalar AQSh Milliy Arxiv va Yozuvlar Boshqarmasi rahbariyati tomonidan taqdim etilgan.

Shu bilan birga, bayonotda ta’kidlanganidek, Amerikaning tegishli idoralari Kennedi o’ldirilishi haqidagi ba’zi ma’lumotlar 2022 yil 15 dekabrdan keyin ham chop etilmasligini targ’ib qilishi mumkin. AQSh Milliy Arxiv va Yozuvlar Boshqarmasi tomonidan ushbu hujjatlar joylashtiriladigan ochiq raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish rejasini ishlab chiqishi kutilmoqda.