Shimoliy Koreya AQShni Tayvan bo’g’ozidagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Pak Myon Xo Qo’shma Shtatlarni Tayvan bo’g’ozidagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi.

“So’nggi kunlarda Qo’shma Shtatlar, Xitoy hududining ajralmas qismi bo’lgan Tayvanning mustaqilligini targ’ib qilib, harbiy ziddiyatni kuchaytirmoqda. Shu yil boshidan beri AQSh “navigatsiya erkinligi” bahonasida, istalgan vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan harbiy kemalarni Tayvan bo’g’oziga o’tkazib yuborgan”, – dedi KXDR tashqi ishlar vaziri o’rinbosari.

Pak Myon Xoning aniqlik kiritishicha, yaqinda Qo’shma Shtatlar hatto o’z ittifoqchisining harbiy kemasidan foydalanib, vaziyatni bosqichma-bosqich keskinlashtirgan. Uning aytishicha, Tayvan masalasiga “aralashish” Koreya yarim orolidagi xavotirli vaziyatni yanada og’irlashtirmoqda.