Starship kelgusi oyda orbitaga chiqadi

Elon Maskning aytishicha, Starship fazoviy kemasi keyingi oyda orbital parvozni amalga oshirishga tayyor bo’ladi. Agar kerakli me’yoriy hujjatlar o’z vaqtida taqdim etiladigan bo’lsa parvoz kechiktirishlarsiz amalga oshiriladi.

SpaceX Starshipni uchirish uchun AQSh Federal Aviatsiya ma’muriyatidan (FAA) ruxsat olishi kerak. Kompaniya Texasning Braunsvill shahridan tashqarida joylashgan o’z poligonida amalga oshirgan Starshipning oldingi barcha sinov parvozlari uchun ham belgilangan tartib bo’yicha ruxsat olgan edi.

Ma’muriyat, asosan, SpaceXdan parvoz paytida biror xatolik yuz bergan taqdirda minimal zarar yetishini ta’minlash uchun barcha zarur xavfsizlik choralarini ko’rishini talab qiladi.

“Agar hammasi ko’ngildagidek ketsa, Starship kelgusi oy orbital parvozni amalga oshirishga tayyor bo’ladi”, – deydi Elon Mask.