Uzbekistan Airways 3-noyabrdan 4-noyabrgacha aviachiptalarni sotmaydi

Bronlash va sotish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar «Uzbekistan Airways» AJ da aviachiptalarni bron qilish va sotish tizimi provayderining o‘zgarishi bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi sababli 3-noyabr 18:00 dan 4-noyabr 06:00 gacha (Toshkent vaqti bilan), aviachiptalarni bron qilish, sotish va aviakompaniyaning qo‘shimcha xizmatlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Rejalashtirilgan texnik ishlar aviakompaniyaning ichki va tashqi sotuv tizimiga ham ta’sir qiladi.