Windows 11 da Google Play ilovalari paydo bo’ldi

Windows 11 operatsion dasturiga Android ilovalari joylashgan Google Play do’koni qo’shildi. Bu haqida Tvitterdagi sahifasi orqali ADeltaX taxallusi ostidagi dasturchi ma’lum qildi.

Muallifning ta’kidlashicha, u Windows 11 ga dasturda to’liq ishlaydigan Google Play ilovalar do’konini joylashtirishga muvaffaq bo’lgan. Shuningdek, u onlayn-repozitoriydan yuklab olingan dasturlar Microsoftning operatsion tizimida muammosiz ishlayotganini ko’rsatib o’tgan.

ADeltaX Github xizmatiga do’kon qo’shish usulini tasvirlab berdi. Dasturchining ta’kidlashicha, bu usul nisbatan murakkab va ma’lum ko’nikmalarni talab qiladi. Biroq, ko’plab Android ilovalarining ishlab chiqilayotgani, Microsoft kelajakda ushbu imkoniyatni rasman o’z tizimiga qo’shishiga ishora qilmoqda.

Microsoft ma’lumotlariga ko’ra, mobil ilovalar Windows 11 tizimiga Amazon xizmatlaridan foydalangan holda qo’shilmoqda. “Biz yaqin oylarda Windows Insider dasturini yangilash orqali yangi ilovalarni taqdim qilamiz”, – deyiladi kompaniya bayonotida.