Yaxshi uxlayolmayapsizmi? Marhamat, avtobusga chiqing!

Gonkong yetarlicha uxlay olmaydiganlar uchun avtobus turini yo’lga qo’ydi.

Gonkong hukumati uyida uxlay olmaydigan va jamoat transportlarida uxlab qoladiganlar uchun 5 soatlik avtobus sayohatini yo’lga qo’ydi. Yo’lovchilarga ko’zlar uchun niqobi va quloq tiqinlari beriladi.

Tur tashkilotchilari jamoat transportlarida charchagan yo’lovchilar uxlab qolishlarini payqab qolishdi. Shuning uchun oddiy ikki qavatli avtobusda Gonkong bo’ylab uyqu sayohatini boshlashga qaror qilishdi.

Chiptaning narxi, qaysi qavatdan joy tanlashingizga qarab, bir kishi uchun 13 dan 51 dollargacha.