Apple gadjetlarini aldash juda oson va arzon ekan

Kraken Security Lab soxta barmoq izlari yordamida MacBook va iPad biometrik skanerlarini “aldashga” muvaffaq bo`ldi. Ular asetat plyonkasi va PVA yelimidan foydalandilar.

Kraken Security Lab kiberxavfsizlik kompaniyasi tadqiqotchilari zamonaviy mobil qurilmalarda keng qo`llaniladigan biometrik skanerlarni aldashi mumkin bo`lgan soxta barmoq izlarini ishlab chiqarishning nisbatan oddiy usulini topdilar. Ular ushbu usulni MacBook Pro, iPad va boshqa bir qancha qurilmalarda muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazganliklarini aytishmoqda.

Qisqacha qilib aytganda, barcha narsa huddi josus kinolarida bo`ladigan voqealar bilan bir xil, faqat Kraken Security Lab usuli qimmatbaho asbob-uskunalar va materiallarga ehtiyoj sezmaydi. Tadqiqot mualliflari ta’kidlaganidek, soxta izlar yaratish uchun “qurbonning” barmoq izi fotosurati va sarf-materiallari uchun 5 dollar yetarli.

Kraken xavfsizlik laboratoriyasi mutaxassislari tajriba uchun barmoq izini suratga olishdi va grafik muharrir yordamida uni oqartirishdi. Keyin uni lazerli printer yordamida asetat plyonkasiga chop etishdi. Qolgan ish oddiy PVA yelimi bilan amalga oshirildi. Yupqa qatlam bilan qoplanganidan va keyinroq quriganidan so`ng, suratdagi barmoq izi “jonlandi”.

“Biz ushbu “hujumni” turli sinovlardan o`tgan aksariyat qurilmalarda, jumladan iPad va MacBook Proda muvaffaqiyatli takrorlay oldik. Agar biz ushbu usuldan haqiqiy “hujum” uchun foydalanganimizda, juda ko`p maxfiy ma’lumotlarni qo`lga kiritishimiz mumkin edi”, – dedi Kraken Security Lab mutaxassislari.