Bir mashhur fotosurat tarixi

Aslida, bu afsonaviy surat 1951-yil 14-mart kuni bir mashhur olimning tug`ilgan kunida olingan fotosuratning bir parchasi bo`lib, ushbu olimni ko`pchilik hazillashib “pi” (3.14) deb atagan. Bugungi kungacha kamdan-kam odam ko`rgan asl tasvirdagi mashhur fizik, doktor Frank Eydelot va uning rafiqasi o`rtasida avtomobilning orqa o`rindig`ida o`tirgan edi.

United Press International agentligining Artur Sasse ismli fotosuratchisi olimdan tabassum qilishni, ta’bir joiz bo`lsa, qiyofasini “oddiyroq” qilishini so`radi. O`sha kuni boshqa fotosuratchilar uchun tabassum qilishdan boshqa hech narsa qilmagan hamda juda charchagan Eynshteyn fotosuratchiga qarab birdan tilini chiqardi va qo`pollik bilan yuzini burib oldi. Fotografning chaqqonligiga qoyil qolmay iloji yo`q, u hayratga tushmadi va kerakli tasvirni tarixga muhrlashga muvaffaq bo`ldi.

Biroz vaqt o`tgach, Eynshteyn o`zi uchun bir nechta shunday fotosuratlarni buyurtma qildi va ularni tanishlariga sovg`a sifatida yubordi. Ushbu fotosurat insoniyat uchun qanchalik qimmatli ekanligini quyidagi fakt ko`rsatadi: 2009 yilda surat kim oshdi savdosida 74 ming dollarga sotilgan.