Buyuk Britaniyalik bemorga birinchi marta 3D “ko`z”ni o`rnatildi

40 yoshli Stiv Verbe birinchi marta 3D bosma ko`z o`rnatilgan ilk odam bo`ldi. U 20 yildan beri ko`z protezlaridan foydalanadi. Bu haqida Murfild ko`z kasalliklari kasalxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ushbu yangi ko`zning ko`rinishi juda ham tabiiylikka yaqin va raqamli 3D bosib chiqarish texnologiyasi tufayli (uning sifati) yanada yaxshilanadi”, – dedi bemor.

3D ko`z protezi boshqa analoglarga qaraganda ancha real ko`rinishga ega. Bundan tashqari, matbuot xizmati ta`kidlaganidek, uni ishlab chiqarish uchun invaziv aralashuv talab etilmaydi. Buning o`rniga skanerlash qo`llaniladi.

An`anaviy protezlarni yasash uchun taxminan olti hafta vaqt talab etiladi. 3D ko`zni chop etish uchun esa jami ikki yarim soat vaqt ketadi, shundan so`ng protez pardozlash, sayqallash va bemorga o`rnatish uchun okulyarga topshiriladi.