Davlat Bobonov Abu-Dabi “Katta dubulg`a” turnirini bronza medali bilan yakunladi

Birlashgan Arab Amirliklarida poyoniga yetib borayotgan “Katta dubulg`a” turniri dzyudochilarimiz uchun yakunlandi.

Kechki dasturda Davlat Bobonov (-90 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqdi. Yarim finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ygan “Tokio–2020” olimpiadasi sovrindori bronza medali uchun fransiyalik Fransis Damerga qarshi bahs olib bordi. Tajriba bobida ustun bo`lgan hamyurtimiz bellashuvni o`z foydasiga hal qildi va bronza medaliga sazovor bo`ldi. Afsuski, startga chiqqan boshqa vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi.  

Shu tariqa terma jamoamiz Abu- Dabi “Katta dubulg`a” turnirini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.