Dubai opera sahnasida Xorazm raqsi namoyish etiladi

2021 yil 27-noyabr kuni Dubayda «Expo-2020» Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida Dubai Opera sahnasida “Lazgi – Qalb va Muhabbat raqsi” balet namoyishining xalqaro premyerasi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro auditoriyaga o‘zbek xalqining asl anʼanalarini namoyish etgan Xorazm raqsining mutlaqo yangi talqini taqdim etiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar qiladi.

Dubaydagi «Expo-2020» butunjahon ko‘rgazmasida so‘nggi yillarda mamlakatimizning ilmiy va iqtisodiy yutuqlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, shuningdek, yangi O‘zbekistonni rivojlantirish rejasi, mamlakatning investitsiya imkoniyatlari keng xalqaro jamoatchilikka namoyish etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining milliy pavilyoni o‘z ishini amalga oshirmoqda.

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ko‘magida hamda milliy pavilyon bilan birgalikda mamlakatimizning madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi.

Uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan “Lazgi” raqsi sir va afsonalar bilan o‘ralgan, qadimiy xalq donoligini ifodalaydi va uning nomi “Ruh va Sevgi” degan maʼnolarni anglatadi.