Hindiston COVID-19 ga qarshi burun spreyi sinovini boshladi

Hindistonning Life Sciences and Technology Center kompaniyasi koronavirusga qarshi yaratilgan burun spreyi klinik sinovlari boshlanganini e’lon qildi. Dori Savlon nomini oldi.

Nashrning yozishicha, kompaniya barcha zarur me’yoriy ruxsatnomalarni olgandan so`ng preparatni sotishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Biroq, kompaniya klinik sinov qayerda o`tkazilayotgani va barcha tegishli ruxsatlarni olgandan keyin ishlab chiqarish qayerda amalga oshirilishi haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Biroq, Life Sciences and Technology Center Hindiston qo`mitalari roziligini allaqachon olganini va Hindistonning Klinik sinovlar reestrida (CTRI) ro`yxatga qo`yilganini ma’lum qilgan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, uning preparati mavjud dorilar bilan bir qatorda COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olishda samarali va xavfsiz bo`lishi mumkin.