Isroil Quddus shayxining G`arbiy Sohil va Al-Aqsoga kirishini taqiqladi

Kecha Isroil hukumati Quddus Islomiy Vaqflar Kengashi bosh direktori o`rinbosari Shayx Naje Bakiratni Al-Aqsa masjidi va bosib olingan G`arbiy Sohildan deportatsiya qilinish sharti bilan ozod qildi.

Safa axborot agentligi xabariga ko`ra, Bakirat “Meni og`ir shartlar bilan ozod qilishdi. 20 kunga Al-Aqso masjidiga kirishim va bosib olingan G`arbiy Sohilga 30 kunga borishim taqiqlandi”, – dedi.

Guvohlarning aytishicha (o`tgan hafta) payshanba kuni, Isroil politsiyasi Shayx Bakiratni Al-Aqso masjidi oldida hibsga olgan. Uning hibsga olinishi sababi aniqlanmagan. “Biroq tergov davom etmoqda” degan sabab bilan uni kecha kechgacha ushlab turishgan.

Shayxning so`zlariga ko`ra, uni ijtimoiy, madaniy va gumanitar masalalarda “samarali” gapirganlikda ayblashgan. Shuningdek, Shayx Bakiratni 2000 dollar (AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortishgan va bugun qo`shimcha so`roq qilish uchun tergov markaziga borishni buyurishgan.

Shayx Bakirat bir necha bor hibsga olingan va Masjid Al-Aqsodan surgun qilingan. U Quddusdagi musulmonlar va nasroniylar ziyoratgohlarini qo`riqlovchi Iordaniya vaqfi xodimi hisoblanadi.