Italiyalik shifokorlar omikron shtammi oqsilining tasvirini ko`rsatdilar

SARS-CoV-2 “delta” shtammi oqsilining tuzilishi rasmning chap tomonida, “omikron” shtammi esa o`ng tomonida ko`rsatilgan bo`lib, olimlar ularni virusning asl nusxasi bilan solishtirishdi. Rasmda ko`rsatilgandek, omikronda deltaga qaraganda ko`proq mutatsiyalar mavjud. Eng ko`p o`zgarishga duch kelgan qismlar qizil rang bilan belgilangan.

SARS-CoV-2 ning yangi versiyasi xavfliroq deya baholanmoqda. Virus insonga moslashgan va boshqa versiyani yaratib olgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu moslashuv neytral, xavfsizroq yoki xavfliroq ekanligini ko`rsatadigan yangi tadqiqotlar o`tkazilishi kerak.

Biroq, JSST virusning ushbu yangi turi infeksiya tarqalishiga qarshi kurashayotgan mamlakatlarga tahdid solishi mumkinligini aytdi. JSSTning fikricha, omikron vaksinalarning ta’sirini zaiflashtirishi mumkin. U avvalgi variantlarga qaraganda tezroq tarqaladi va ko`proq odamlarga, shu jumladan ilgari boshqa shtammlar bilan og`riganlarga ham ta’sir qilishi mumkin.