Jek Dorsi Twitter bosh direktori lavozimini tark etdi

Twitter asoschisi Jek Dorsi dushanba kuni kompaniya bosh direktori lavozimini rasman tark etishini e’lon qildi va bu qarordan afsusda, lekin juda xursand ekanini aytdi.

Dorsi kompaniya xodimlariga yo‘llagan va uni o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilgan xabarida shunday yozgan: “Barchangiz bilishingizni xohlayman, bu mening qarorim edi, albatta, bu men uchun qiyin qaror edi, men bu xizmatni va kompaniyani yaxshi ko‘raman. Men barchangizni yaxshi ko’raman. Men juda xafaman … lekin men baxtliman”.

“Bunday darajaga erishgan kompaniyalar ko’p emas. Ko’pchilik ta’sischilar o’z gʻururidan o’z kompaniyasini ustun qoʻyadilar. Bilaman, biz bu to’g’ri ekanligini isbotlaymiz…”

Dorsining o‘rnini Twitter’ning bosh texnologiya direktori Parag Agraval egallaydi.