Kobul aholisi ishsizlikdan aziyat chekmoqda

Tolo news nashri o`tkazgan so`rovnomada ishtirok etgan Kobulliklarning aytishicha, ular hatto oddiy kundalik ehtiyojlarini ham qondirishga qiynalib qolishgan.

“Men parasetamolga pul topolmay qoldim. O`zimga va kichkina farzandlarimga qarashga imkonim yo`q,” deydi Kobulda yashovchi oddiy ishchi Abdulhamid.

57 yoshli Hamid 5 kishilik oilaning yagona boquvchisidir. U ham ishsizlikdan shikoyat qilmoqda.

Rahmatulloh ismli boshqa bir Kobullikning aytishicha, u mavjud sharoitning yahshilanib, insonlarga ish imkoni topilishi va oylik to`lanishidan umid qilmoqda.

Afg`oniston islom amirligi spikeri vazifasini bajaruvchi In`omulloh Samangoniy dunyo hamjamiyatini afg`onistonliklarning ahvolini tushunishi va ularga iqtisodiy inqirozdan chiqib ketishiga yordam berishi uchun Amerikaga bosim o`tkazishga chaqirmoqda.

BMT bundan avval 22 million afg`onistonlikning ochlik bilan yuzma-yuz kelganligi haqida ogohlantirgan edi.