Kobullik oila aeroportda tashlab ketilgan chaqaloqqa g`amxo`rlik qilmoqda

Kobullik bir oila o`tgan avgust oyida AQSH va NATO kuchlari tomonidan amalga oshirilgan evakuasiya paytida aeroportda tashlab ketilgan yoki yo`qotib qo`yilgan chaqaloqqa g`amxo`rlik qilmoqda.

Bola topib olingan paytda atigi bir oylik bo`lgan. Oila unga “Ahmad” deb ism qo`ygan.

Bolani topib olgan oila boshlig`I Hamid ham 3 bolaning otasi, u chaqaloqni o`z ota-onasiga qaytarmoqchi.

“Aeroportda bir burchakda yig`layotgan chaqaloqni ko`rib qoldim. Atrofga qaradim, ammo uning ota-onasini topolmadim. Bolani qo`limga oldim va u yerdagi ayollardan unga qarab turishni iltimos qildim, ammo hech kim rozi bo`lmadi,”-deydi.

“Ahmad menga o`z ukamdek bo`lib qoldi, uni juda yahshi ko`raman, bu holatga chidab turolmadim,”-deydi oilaning yana bir a`zosi Fariha.

Hamidning aytishicha, u yaqinda bolaning hozirda Amerikada yashayotgan otasining telefon raqamini topib u bilan gaplashgan. Bolaning otasi unga yuborgan suratni ko`rgan Hamid uning haqiqiy ota ekanligiga ishonch hosil qilgan. U ilojini topib Ahmadni o`z oilasiga qaytarmoqchi.