“Manchester Yunayted” rahbariyati Ole-Gunnar Sulsher murabbiylik lavozimini tark etganini e`lon qildi

“Ole “Manchester Yunayted”da doim afsona bo`lib qoladi va biz bu qiyin qarorga kelganimizdan afsusdamiz. Oxirgi bir necha haftalar davomidagi urinishlar omadsizlikka uchragan bo`lsa-da, ular Olening so`nggi uch yil ichida muvaffaqiyat poydevorini tiklash uchun qilgan barcha ishlariga soya solmasligi kerak.

Olega bosh murabbiy sifatidagi tinimsiz sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorchiligimiz va kelajakda eng yaxshi tilaklarimizni izhor etib qolamiz. Uning klub tarixidagi o`rni nafaqat futbolchi sifatida, balki bizga ko`plab ajoyib daqiqalarni taqdim etgan buyuk inson va yo`lboshchi sifatida qoladi. U “MYu” oilasining bir qismi sifatida “Old Trafford”da har doim xush kutib olinadi”.

Endilikda jamoani bo`lajak o`yinlarda Maykl Kerrik boshqaradi va klub mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlashni rejalashtirmoqda.