Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi bor kamarlarini himoya qildi

Bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF chempionlik kamarlarining himoya jangini o‘tkazdi.

AQShning Manchester shahrida o‘tgan jangda hamyurtimizga chililik Xose Velaskes raqiblik qildi. 12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi.

Kuchli raqibga kechgan qiyin bahsda hakamlar bir ovozdan Murodjon Ahmadaliyevning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, Ahmadaliyev o‘ziga tegishli kamarlarni ikkinchi bor himoya qildi.