Oltin dubl: Qilichbozlarimiz jamoaviy bahsda ham tengsiz

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi. Sablya qurolida o‘tgan qizlar musobaqasida sportchilarimiz tengsiz bo‘lishdi.

Dastlab Misr jamoasini 45:21 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan qizlarimiz yarim finalda bolgariyalik raqibalaridan 45:36 hisobida ustun kelishdi. Finalda kutilganidek O‘zbekiston va Rossiya yoshlari ro‘baro kelishdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda qizlarimiz 45:36 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi yakkalik bahslarida Zaynab Dayibekova barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi. Bugun jamoaviy dasturda Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova hamda Venera Isroilova yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bunday ajoyib natija bilan O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi va sportchilarimizni muborakbod etib qoladi.