“Pfizer” va “Biontech”: Biz 100 kun ichida “Omicron” shtammiga qarshi vaktsina ishlab chiqarishimiz mumkin

“Pfizer” va “Biontech” farmatsevtika kompaniyalari yangi paydo bo’lgan koronavirus shtammiga qarshi vaktsinalarini o’zgartirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun “Omicron” shtammlari haqida ma’lumot to’playotganini e’lon qildi.

Biontech o’z bayonotida, uning hamkori Pfizer bilan ishlab chiqarilgan vaktsinani o’zgartirish kerakmi yoki yo’qligini aniqlash uchun Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning xavotirli yangi shtammi haqida ko’proq ma’lumot kutayotganini aytdi.

“Biz ekspertlarning xavotirlarini tushunamiz va Omicron nomi bilan tanilgan B.11.529 shtammiga zudlik bilan tekshiruv boshladik”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Korona virusiga qarshi “AstraZeneca” vaktsinasi ustida tadqiqot olib borgan britaniyalik olim Endryu Pollard Omicron variantiga qarshi yangi vaksina juda tez ishlab chiqilishi mumkinligini aytdi.

Omicron shtammi birinchi marta Janubiy Afrikada, keyin esa bir qator mamlakatlarda, jumladan Belgiya, Botsvana, Gonkong va Britaniyada kuzatilgan.

Olimlar shtamm mutatsiyalari va mavjud vaktsinalar va davolash usullari unga qarshi samarali ekanligini to’liq o’rganishlari uchun bir necha hafta kerak bo’lishi mumkin.