Rossiyadagi migrantlarga elektron ID-kartalar beriladi

Rossiyadagi barcha mehnat muhojirlari va mamlakatga uch oydan ortiq vaqt davomida kelgan xorijliklarga elektron ID-kartalar beriladi. Tegishli buyruqni Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokoltsev imzoladi.

Reglament 2021-yil 29-dekabrdan kuchga kiradi. Mamlakatga 90 kundan ortiq muddatga kelgan mehnat muhojirlari va xorijliklarga hujjatlar rasmiylashtiriladi. Ular majburiy barmoq izlari va suratga olishdan o`tish to`g`risidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oladi.

2021-yil iyul oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat muhojirlari va Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijliklar barmoq izini majburiy davlat ro`yxatidan o`tkazishlari shartligi nazarda tutilgan qonunni imzolagan edi.