Saakashvilining “sudi” bo`ldi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili sudda barcha ayblovlarni rad etdi.

“Men prokuratura ayblovini va Gruziya “adolatini” tan olmayman. Men bu yerga oldindan yozilgan komediyaning bir qismi bo`lish uchun kelganim yo`q”, – dedi u.

Saakashvili hibsga olinganidan keyin ilk bor sudda ishtirok etmoqda. Tarafdorlar norozilik aksiyasi uyushtirdilar. Ommaviy axborot vositalari vakillaridan faqat Gruziya Birinchi kanali jurnalistlari va operatorlari sud majlisiga kirishga ruxsat berildi.

Sud jarayoni boshlanishidan oldin himoya tarafi zalda Gruziya madhiyasini qo`ydi, bu esa sudda norozilik uyg`otdi.

Advokatlar sud jarayonini televideniye orqali ko`rsatishni iltimos qilishdi. Ularning o`zlari nima bo`layotganini Facebook orqali translyatsiya qilishdi, biroq sudya ulardan buni to`xtatishni so`radi.

Sobiq prezident 1 oktabr kuni Ukrainadan mamlakatga qaytib kelganidan keyin hibsga olingan edi.

Hibsga olinganidan keyin Saakashvili bir oydan ortiq davom etgan ochlik e’lon qilgan. Natijada uning ahvoli yomonlashgan.