The Sun: FQB NUJ lar bo`yicha tekshiruvlar o`tkazgan

The Sun nashri muxbirlari FQB hujjatlarini o`rganib chiqdi va 1940-yillarda sirli uchar jismlar va g`alati hamda tushunarsiz hodisalar haqidagi ko`plab xabarlar bo`yicha hujjatlar yuritilganini isbotladilar.

Nashrning qayd etishicha, hujjatlarda uchuvchilar, politsiyachilar, askarlar tomonidan yuzlab NUJ kuzatilgani tasvirlangan hamda 43 ming km/soat tezlikda harakatlanuvchi jismlar va o`zga sayyoraliklarning jasadlari haqidagi hikoyalar keltirilgan.

“Hujjatlarda NUJlarning gipertovush tezligida harakatlanishi tasvirlangan, hattoki “transport samolyoti” parchalanib ketgan halokat haqidagi xabarlar ham keltirilgan”, – deyiladi gazeta maqolasida.

Nashr taʼkidlaganidek, NUJlarga bo`lgan qiziqish iyun oyida Pentagon hisoboti eʼlon qilinganidan so`ng keskin oshib ketdi. E’lon qilingan hujjatlarda Qo`shma Shtatlar birinchi marta Amerika osmonida ular tushuntirib bera olmaydigan “nimadir” borligini tan oldi.