Toshkentda yana bitta xorijiy OTM filiali ochiladi

Oliy va o`rta maxsus vazirligining xabar berishicha, “Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (710-son, 24.11.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.

Filialda geologiya boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yoʻnalishida tadqiqotlar oʻtkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda taʼlim 2022/2023-oʻquv yilidan kunduzgi shaklda oʻzbek, ingliz va rus tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi.

✔️ Qabul paramertlari mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.