Turkmaniston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

Turkmaniston Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirish uchun ariza berdi. Bu haqida JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala Twitterda ma’lum qilgan.

Hujjatni JST rahbariga Turkmanistonning doimiy vakili Atageldi Xaljanov taqdim etdi.

“Turkmaniston JSTga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash uchun ariza topshirmoqda”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, Turkmaniston 2020-yilning 22-iyulida JSTda kuzatuvchi maqomini oldi.

Jahon savdo tashkiloti 1995 yilda tashkil topgan. JSTning maqsadi qoidalarga asoslangan tizim doirasida savdoni tartibga solishga yordam berish, shuningdek, hukumatlar o`rtasidagi savdo kelishmovchiliklarini obyektiv hal qilish va savdo muzokaralarini tashkil etish. Ushbu faoliyat JSTning 60 ta kelishuvlariga asoslanadi. Hozirgi vaqtda 164 mamlakat va hududlar JSTga a’zo.