Vashington Xitoyni tiyib turish uchun Avstraliyadagi harbiy ishtirokini kuchaytirish niyatida

Pentagon Qoʻshma Shtatlar Avstraliya va Tinch okeanidagi orollarda oʻz harbiy ishtirokini kuchaytirishi va Xitoyni tiyib turish harakatlari doirasida u yerda harbiy infratuzilmasini rivojlantirishini maʼlum qildi.

AQSh Mudofaa vaziri yordamchisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Mara Karlin dushanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Vashington Avstraliya va Tinch okeanidagi orollarda infratuzilmani kengaytirish va Avstraliyada aviatsiyani rotatsiya asosida joylashtirish niyatida ekanini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Avstraliyada qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Bu Pentagon tomonidan o’tkazilgan AQSh kuchlarining butun dunyo bo’ylab joylashtirilishini har tomonlama ko’rib chiqish natijalarini taqdim etish kontekstida yuz berdi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Amerika Qo’shma Shtatlari, Avstraliya va Buyuk Britaniya joriy yil boshida yangi xavfsizlik hamkorlikni yo’lga qo’yishini e’lon qilgan edi, bu esa Xitoyning salbiy reaktsiyalarini keltirib chiqardi, u mintaqada yangi harbiy ittifoqlarning o’rnatilishi barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo’shmaydi, deb hisobladi.