Xalqaro talabalar uchun UNICEF amaliyot dasturi

Arizalar 2022 yilgi UNICEF amaliyot dasturida ishtirok etish uchun qabul qilinmoqda. Dunyo bo`ylab barcha xalqaro talabalar amaliyot o`tash uchun ariza topshirishlari mumkin. UNICEFning ushbu dasturi OTMlarni yangi bitirgan yoki hozirda ta’lim olayotgan talabalar uchun ayni muddaodir.

Ushbu imkoniyatni qo`lga kiritgan amaliyotchilar jahon miqyosidagi tashkilotlardan yuqori darajadagi tajribaga ega bo`lishadi. Qatnashchilarning xarajatlari to`liq qoplanadigan UNICEFning ushbu amaliyot dasturi talabalar va bitiruvchilarga tashkilot missiyasiga hissa qo`shish imkoniyatini beradi.

UNICEF hozirda 190 ta davlatda faoliyat yuritadi va amaliyotchilarga dunyoning haqiqiy muammolariga qarshi kurashish imkoniyatini beradi. Tashkilotning asosiy yo`nalishlari bolalar va onalar salomatligi, ta`lim, favqulodda vaziyatlarda yordam kabilarni o`z ichiga oladi. UNICEF amaliyot dasturi ta`lim muassasasini yaqinda tugallagan bitiruvchilar, shuningdek, magistrlik va doktorlik darajasiga ega boʻlgan nomzodlar uchun juda yaxshi imkoniyatdir.

UNICEF amaliyot dasturi tafsilotlari:

Tashkilot: UNICEF;

Grant miqdori: dastur va yashash xarajatlari to`liq qoplanadi;

Kim uchun: barcha millatlar uchun;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: turli mamlakatlar;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: yil davomida.