Xiaomi 1 km masofani “ko`ra oladigan” teleskop-masofa o`lchagichni ishlab chiqaradi

Xiaomi tizimiga kiruvchi Duka brendi noodatiy qurilma – Duka TR1 nomli teleskop-masofa o`lchagichni taqdim etdi. Gadjet kuzatish diapazoni, batareyaning uzoq ishlash muddati va keng optik imkoniyatlarga ega obyektiv kabi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Og`irligi atigi 129 gramm bo`lgan ixcham korpusdagi original gadjetdan diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish, 3 metrdan 1000 metrgacha bo`lgan masofani aniqlash va burchaklarni o`lchash uchun foydalanish mumkin. U 3 foizdan kam buzilish, 85 foizdan ortiq yorug`lik o`tkazuvchanlikka ega maxsus linzalar bilan jihozlangan.

Yangi qurilma 6,5 daraja ko`rish burchagiga ega va o`ziga xos akselerometr bilan jihozlangan bo`lib, u bitta tugmani bosish orqali bir nechta o`lchash rejimlarini almashtira oladi. Brendga ko`ra, gorizontal va vertikal masofani, shuningdek, ko`rish burchagini o`lchash bir necha soniya ichida amalga oshirilishi mumkin. Gadjet 420 mA/soat sig`imli litiy-polimer akkumulyator bilan jihozlangan bo`lib, u 210 daqiqagacha uzluksiz ishlashni ta`minlaydi.

Duka TR1 masofa o`lchagichi 78 dollardan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.