Afg`on musiqachilari Portugaliyada o`z maktablarini qaytadan tiklamoqchi

Dushanba, 13-dekabr kuni Afg`oniston musiqa milliy instituning talabalari va o`qituvchilaridan iborat guruh o`z oila a’zolari bilan birgalikda Portugaliya poytaxti Lissabonga yetib keldi.

Mazkur insonlarga qochoq maqomi berildi va ular hozirda yangi hayot boshlab, o`z musiqiy maktablarini qaytadan tiklashni orzu qilishmoqda.

273 kishilik bu guruhning 150 nafari talabalardan iborat bo`lib, ular mamlakatga Qatar poytaxti Doha orqali yetib kelishdi.

“Institut jamoasining sog`-salomat holda bu yerga yetib kelishi hayotlarini qutqarib, ozodlik yo`lidagi ikl qadamni otganliklarining dalilidir,” deydi institut mudiri va asoschisi doctor Ahmad Sarmast.

Sarmast musiqachilarning butun afg`on halqi uchun umid va ozodlik ramziga aylanishidan umidvor ekanligini ham ta’kidlab o`tdi.