Afg‘oniston milliy muzeyi o‘z eshiklarini qayta ochdi

Kobulning janubi-g‘arbida joylashgan, tosh davri va undan keyingi davrlarga oid eksponatlarni o‘z ichiga olgan Afg‘oniston milliy muzeyi Tolibon mamlakatni nazorat ostiga olganidan so‘ng ilk bor qayta ochildi.

Muzey direktori Muhammad Fahim Rahimiy va uning xodimlariga Afg‘onistondagi ko‘plab davlat xizmatchilari kabi o‘tgan avgust oyidan beri maosh olmagan bo‘lsalar ham, hozirgacha o‘z lavozimlarida davom etishlariga ruxsat berilgan.

“Faqat qo’riqchilar o’zgartirildi,” dedi Rahimiy, “Tolibon hozirda binoni qo’riqlagan politsiya bo’linmasini almashtirmoqda va ayol tashrif buyuruvchilarni tekshirish uchun ayol qo’riqchilar bilan ta’minlash ustida ishlamoqda”.

Ayni paytda muzeyga kuniga 50 dan 100 gacha odam tashrif buyuradi.

O’tgan juma kuni bir nechta Tolibon jangarilari, ba’zilari yelkalarida avtomatlar osilgan, qadimiy sopol buyumlar va 18-asr qurollari ko’rgazma qutilarini ko’rish uchun uyali telefon chiroqlaridan foydalanganlar.