Poytaxtimizda o`tkazilayotgan og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlar yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Akbar Jo`rayev o`z vaznida mutlaq jahon chempionligini qo`lga kiritdi.
Hamyurtimiz dast ko`tarish mashqida 195 kg toshni bo`ysundirib, ushbu dasturda oltin medalga sazovor bo`ldi. Siltab ko`tarish mashqida umumiy hisobdagi chempionlik uchun Akbar Jo`rayev va Ruslan Nurudinov raqobat olib borishdi. Ikki ajoyib polvonlarimiz bahsida Tokio-2020 qahramonining qo`li baland keldi.
Erkaklar o`rtasida (-109 kg) og`ir atletika bo`yicha Jahon Chempionati sovrindorlari quyidagilar:
1. Akbar Jo`rayev (O`zbekiston) – 433 (195+238) kg
2. Ruslan Nurudinov (O`zbekiston) – 421 (185+236) kg
3. Simon Martirosyan (Armaniston) – 416 (188+228) kg