Amerikalik milliarder 70 million dollarlik o’g’irlangan antik buyumlarni qaytarishga rozi boʻldi

Milliarder Maykl Shtaynxart o‘g‘irlangan 70 million dollarlik qadimiy buyumlarni topshirishga va umrbod bunday buyumlarni saqlamaslik bilan jazolanishiga rozi bo‘ldi.

Nyu-Yorkning Manxetten bosh prokurori kichik Sayrus Vensning aytishicha, Shtaynxart yahudiylar hayoti fondini boshqaradigan va yosh yahudiylarni Isroilga bepul sayohatlarga jo’natuvchi “Birthright Israel” tashkiloti asoschilaridan biri bo’lgan millioner qadimiy buyumlarni qo‘lga kiritganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Undagi buyumlar Misr, Gretsiya, Isroil va Turkiya kabi o‘n bir davlatdan noqonuniy olib o‘tilgan.

Maykl Shtaynxart o‘nlab yillar davomida o‘z harakatlarining qonuniyligi, sotib olgan va sotgan buyumlarning qonuniyligi (egalik) yoki butun dunyo bo‘ylab yetkazgan jiddiy madaniy zararini hisobga olmasdan oʻgʻirlangan artefaktlarga ochko‘z boʻlgan.

Seshanba kuni 81 yoshga to’lgan Shtaynxart 1967 yilda Steinhart Partners zaxira fondiga asos solgan, 1995 yilda uni yopgan va 2004 yilda nafaqaga chiqib, Wisdom Tree Investments kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

Manxetten prokurorlari 2017-yilda Shtaynxartning artefaktlar kollektsiyasini tekshirishni boshladilar va 2018-yilda uning Manxettendagi ofisi va uyida tintuv o‘tkazib, o‘g‘irlangan bir qancha san’at asarlari va qadimiy buyumlarni musodara qildi.