“Barselona” “Bavariya”ga yirik hisobda yutqazib, Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

UEFA Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi guruh bosqichining 6-turi doirasida “Bavariya” o`z maydonida “Barselona”ni qabul qildi. Uchrashuv Myunxendagi (Germaniya) “Alyans-Arena” stadionida bo`lib o`tdi va mezbonlarning 3:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida “Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller hisobni ochdi. Unga hujumchi Robert Levandovski hamkorlik qildi. 43-daqiqada hujumchi Leroy Zeyn hisobni yiriklashtirib, mezbonlarning uzoq muddatli ustunligini yanada mustahkamladi. 62-daqiqada “Bavariya” yarim himoyachisi Jamol Musiala hisobni yirik ko`rinishga keltirdi.

Myunxenning “Bavariya” klubi 18 ball jamg`arib, UEFA Chempionlar ligasining “E” guruhida birinchi o`rindan 1/8 finalga yo`l oldi. “Barselona” (7 ball) guruh bosqichini uchinchi o`rinda yakunladi va UEFA Yevropa Ligasida o`z o`yinlarini davom ettiradi.