Bekzod Abdurahmonov yangi vaznda ham chempionlikni qo`lga kiritdi

“Universal” sport majmuasida sport kurashlari bo`yicha mamlakat birinchiligi o`z nihoyasiga yetdi. Musobaqani erkin kurashchilar yakunlab berishdi.

Ko`pchilikning diqqat-markazida bo`lgan bahs -86 kg vazn toifasi bo`ldi. Unda -74 kg vaznda Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarining bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov 2 pog`ona yuqori vaznda kurash olib bordi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda Abdurahmonov yana bir chempionlikni tantana qildi.