Britaniya askari Estoniyada xizmat paytida shamollagani uchun Mudofaa vazirligini sudga berdi

Britaniya harbiyi Chilish Muamba Britaniya Estoniyada xizmat qilayotganda shamollab qolgani uchun Mudofaa vazirligi ustidan shikoyat qilib sudga murojaat etdi. U 860 ming funt sterlinggacha tovon puli talab qilgan.

Muamba 2017-yilning 10-noyabridan 3-dekabriga qadar Estoniyada xizmat vazifasini bajargan, havo harorati past bo‘lgan og‘ir ob-havo sharoitida u qattiq shamollab qolgan.

Muambaning advokatlari uning jarohati tufayli nutqida muammolar borligini aytishmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2017-yilda Rossiyaning agressiyasini oldini olish va NATOning mintaqadagi imkoniyatlarini oshirish maqsadida Estoniyaga 800 dan ortiq britaniyalik harbiy xizmatchilar safarbar etilgan.