Britaniya bosh vaziri Isroildan kelgan sovg‘ani olganidan bir necha soniya o‘tib sindirib qoʻydi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson dushanba kuni Isroilning konservativ do‘stlari tashkilotining yillik ishchi tushligidagi nutqini yakunlar ekan, unga shamdon sovg‘a qilishdi, biroq u bir necha soniyadan so‘ng uni sindirib qoʻydi.

Videoda Jonson shamdonni olib, so‘ng uni havoda silkitayotgani, shamdonning qismlari sahnaga uchib ketgani ko‘rinadi.

Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapid kulib yuborarkan, Jonson uchib ketgan bo‘laklarni yig‘ish uchun podium polida aylana boshlagan.